TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosiga nisbatan zo‘rlik ishlatib tunash holati sodir bo‘ldi.
Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, 17-oktabr kuni taxminan soat 23:40larda, Zuhriddin Hasanov Janubiy Koreya fuqarosi Min Chung Yonning mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida unga nisbatan bosqinchilik harakatini sodir etgan.
Hasanov zo‘rlik ishlatib, xorij fuqarosining ikki dona "Samsung" rusumli uyali telefoni, fuqarolik pasporti hamda 2 million so‘m miqdoridagi pullarini tortib olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Hasanovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.