Moskva IIV: o‘zbekistonliklar qonunbuzarlik qilish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

© Sputnik / Andrey SteninZaderjannie migranti vo vremya reyda politsii
Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi xorijiy fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi va ularni oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Tahlillarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan davr mobaynida jami 4,6 ming marta huquqbuzarliklar sodir etilgan.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Moskva politsiyasi xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlilini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Moskva shahrida huquqbuzarliklarning aksariyati sobiq Ittifoq respublikalari fuqarolari tomonidan sodir etilgan.

Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Dumaga o‘zbekistonliklarni Rossiyada ishga joylash to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi

"Joriy yilda Moskva hududida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan jami 4,5 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan. Jinoyatlarning aksariyati O‘zbekiston, Ukraina va Qirg‘iziston respublikalaridan kelgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan", — deb ta’kidladi Rossiya IIV bosh boshqarma boshlig‘i Oleg Baranov Federatsiya Kengashi yig‘ilishi chog‘ida.

Buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki foiz miqdorida olinadigan bo‘lsa Rossiya va Moskva hududida eng ko‘p aynan shu davlat fuqarolari yashaydi.

Shu bilan birga, Moskva hududida noqonuniy migratsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisob-kitob qilindi. IIVning Moskva shahri bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Moskvada 1,3 mln xorijiy fuqaro bor. Ulardan 70 foizi mehnat faoliyatini amalga oshirishmoqda.

Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida bir necha yuzlab Rossiyada noqonuniy bo‘lish holatlari aniqlanib, ular bo‘yicha 1659 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0