Dumaga o‘zbekistonliklarni Rossiyada ishga joylash to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto
Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ish bilan ta’minlashga va ularni immigratsiyaga qadar ishga joylashishlari uchun tayyorlashga qaratilgan

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Davlat dumasiga Moskva va Toshkent o‘rtasida tuzilgan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ish bilan ta’minlashga qaratilgan bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyaga ishga taklif etmoqda

"Bitim 2017-yilning 5-aprelida Moskvada imzolangan. Bitim O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ish bilan ta’minlashga va ularni immigratsiyaga qadar ishga joylashishlari uchun tayyorlashga qaratilgan", — deyiladi hujjatga berilgan izohda.

Mazkur kelishuv mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga, xorijlik ishchilarning noqonuniy ravishda ishga yollanishi holatlari oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0