Madaniyat vazirligi yangi binoga ko‘chish arafasida

© UZ24Xokimiyat Tashkenta
Xokimiyat Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati xabar berdi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uy manzilda joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bepul berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Fidel Kastro (sleva) i perviy sekretar SK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qiladi
Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri hokimligi obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirishi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olishi hamda obyektni saqlash va undan samarali foydalanish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishi belgilab qo‘yilgan.

Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda "Asaka" aksiyadorlik tijorat bankini banklarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan binoga joylashtiradi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Toshkent shahri hokimi R.J.Usmonov va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev zimmasiga yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0