Uch yoshli o‘zbek qizi Amerikadagi qorilar musobaqasi g‘olibi bo‘ldi

© vakillik.uzUch yoshli o‘zbek qizi Amerikadagi qorilar musobaqasi g‘olibi bo‘ldi
Uch yoshli o‘zbek qizi Amerikadagi qorilar musobaqasi g‘olibi bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 7-oktabrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtati Redmond shahrida Qur’oni Karimni chiroyli va to‘g‘ri tajvid qoidalari bilan yod olish bo‘yicha navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Uch yoshga endigina to‘lgan o‘zbek qizi Maram AQShda o‘tkazilgan Qur’oni Karim musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi azon.uzga tayangan holda.

Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Hatto Pushkin madh etgan kitob - Moskvadagi Qur’on festivalidan reportaj
Ta’kidlanishicha, 2017-yilning 7-oktabrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtati Redmond shahrida Qur’oni Karimni chiroyli va to‘g‘ri tajvid qoidalari bilan yod olish bo‘yicha navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda 2 va 18 yosh oralig‘idagi bolalar va 18 yoshdan baland kattalar ham ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa ishtirokchilari yoshlariga qarab bir nechta guruhga ajratilgan holda sinovdan o‘tishdi. Ya’ni, kichiroq yoshdagi bolalar kichikroq, kattaroq yoshdagilari esa kattaroq suralar bo‘yicha va savol-javoblar bilan sinaladi. 14-oktabrda ushbu bo‘lib o‘tgan musobaqa natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar taqdirlandilar.

Ma’lum bo‘lishicha, Vashington shtatida bo‘lib o‘tgan ushbu bellashuvda bu safar jajji o‘zbek qizalog‘i Maram ham ishtirok etib, 5 yoshgacha bo‘lgan qariyb 30 nafar ishtirokchi ichidan 100 dan 98 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Maramning ota-onasining aytishicha, Maram hay’at a’zolarini o‘z bilimi bilan lol qoldirgan. Maram o‘zining bu yutug‘i bilan Redmond masjidi imomi bo‘lmish Imom Nabeelning olqishiga sazovor bo‘lgan.

Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Qur’on festivali
"U bizning to‘ng‘ich farzandimiz. Bilim olishga, xususan kitoblarga juda kichkinaligidanoq mehr qo‘ygan. U bir yoshligidayoq o‘zbek va ingliz tillarida o‘z yoshiga nisbatan ancha mukammal gaplashardi. Maram boshqa qizlardek qo‘g‘irchoq o‘ynashni yoqtirmaydi. O‘rniga u legodan binolar qurishni, dadasi bilan har xil kranlar, robotlar yasashni va injenerlikka oid mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni sevadi.

Mantiq, matematika, geografiya, va anatomiyani juda yaxshi ko‘radi. Hozirda esa matematika, ingliz tilida o‘qish va yozish jihatidan bilimi 2-sinf darajasida. Mantiqiy fikrlash, tafakkur qilish va suhbatlashish doirasi 10-12 yoshlarnikiga teng. Yaqinda u yana arab, turk va rus tillarini ham o‘rganishni boshladi. Maramning kosmos, quyosh, planetalar va yulduzlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va mehri alohida. Qizimizning zehni o‘tkir. Har bir yangi ma’lumotni 1-2 marta eshitishidayoq darrov zehniga quyib oladi. Uning xotirasi ham juda kuchli bo‘lib, Qur’onning har bitta oyatini 3-4 marta takrorlagandayoq to‘liq yodlay oladi. Kelajakda hofizu Qur’on, doktor va katta olima bo‘lishni istaydi", deydi Maramning ota-onasi.

Yangiliklar lentasi
0