Hatto Pushkin madh etgan kitob - Moskvadagi Qur’on festivalidan reportaj

© RIA Novosti / Vladimir PesnyaMoskva jome’ masjididagi Qur’on festivali tadbiri
Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Moskvadagi jome’ masjidida "Qur’on festivali-2017" bo‘lib o‘tmoqda. Festival doirasida tashrif buyuruvchilarga payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning muqaddas soch tolalari namoyish etildi

TOShKENT, 26 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiyaning eng asosiy masjidlaridan biri bo‘lmish jome’ masjidi bugun minglab ziyoratchilarni o‘z bag‘riga chorlamoqda. Chunki ushbu maskanda bugun ikkinchi bor Qur’on festivali o‘tkazilmoqda.

Moskva jome’ masjidi imomi Shamil Alyautdinov mehmonlarga murojaat qilar ekan, ushbu festival musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish — Qur’onga bag‘ishlanganini aytib o‘tdi.

© RIA Novosti / Vladimir PesnyaMoskva jome’ masjidi imomi Shamil Alyautdinov
Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali - Sputnik O‘zbekiston
Moskva jome’ masjidi imomi Shamil Alyautdinov

Va, u haqda hatto Pushkin she’rlar bitganini ta’kidlab, buyuk rus shoirining ijodidan yig‘ilganlarga ikki to‘rtlik o‘qib berdi.

"Tvorsu molites; on moguchiy:
On pravit vetrom; v znoyniy den
Na nebo nasilayet tuchi;
Dayet zemle drevesnu sen.

On miloserd: on Magometu
Otkril siyayushiy Koran,
Da pritechem i mi ko svetu,
I da padet s ochey tuman"…

Shundan so‘ng imom bugun soat 11 dan to kechga qadar jome’ masjidi devorlari ichida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tishi haqida aytib o‘tdi.

Aytish joizki, tadbir Qur’on yosh hofizlari tanlovidan boshlandi. Mazkur tanlovda 3 yoshdan 14 yoshgacha bolalar ishtirok etdi. Hay’at a’zolarining so‘zlariga qaraganda, bugungi tanlovda turli mamlakatlardan 20ga yaqin bolalar ishtirok etishi belgilangan.

© RIA Novosti / Vladimir PesnyaMoskva jome’ masjididagi Qur’on festivali
Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali - Sputnik O‘zbekiston
Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali

Andijonlik 9 yoshli Mahmudov Muhammadumar o‘zining chiqishi bilan ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Bolakayning aytishicha, u ota-onasi bilan 3-yildan beri Ivanovoda istiqomat qilib keladi.

© Sputnik / Dilshodbek AsqarovQur’onning yosh bilimdoni andijonlik Muhammadumar Mahmudov
Qur’onning yosh bilimdoni andijonlik Muhammadumar Mahmudov - Sputnik O‘zbekiston
Qur’onning yosh bilimdoni andijonlik Muhammadumar Mahmudov

Muhammadumar kelajakdagi orzui shayx bo‘lish ekanligini aytib o‘tdi hamda barcha tengdoshlariga a’lo baholarga o‘qish tilagini bildirdi.

Mazkur tadbirda Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning masjidda saqlanayotgan muborak soch tolalari namoyish etildi.

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning muqaddas soch tolalari barcha musulmonlar uchun eng ardoqli yodgorlik bo‘lib qolmoqda. Bu yodgorlikni masjidga umrbod saqlash uchun Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tortiq qilgan.

© REUTERS / Vladimir PesnyaMoskvadagi masjidda Muhammad payg‘ambar (s.a.v)ning soch tolasi namoyish etildi
Moskvadagi masjidda Muhammad payg‘ambar (s.a.v)ning soch toasi namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi masjidda Muhammad payg‘ambar (s.a.v)ning soch tolasi namoyish etildi

Ushbu yodgorlik faqat tantanali tadbirlardagina xalqqa namoyish etiladi. Moskva jome’ masjididan avval bu muqaddas yodgorlik Grozniy shahridagi "Checheniston yuragi" masjidida saqlangan.

Festival mehmonlari "Qur’ondan ilhomlanganlar" kitoblar ko‘rgazmasini tomosha qilib, Qur’on xattotligidan master klass olishlari va Qur’onning go‘zal qiroatidan bahramand bo‘lishlari va islom huquqi (fiqh) bo‘yicha o‘tkaziladigan interaktiv viktorinada qatnashishlari mumkin.

Tadbir soat 22.00ga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0