Migratsiya agentligi fuqarolarni Rossiyaga ishga taklif etmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya
Rabochie v sexe svarki kuzovov avtosborochnogo predpriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtosanoat, qurilish, yog‘och sanoatida tajribasi ishlash bo‘lganlar hamda yuk mashinasi haydovchilari Rossiyadagi korxonalarga ishga taklif etilmoqda

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni Rossiyada ishlashga taklif etmoqda.

Quruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Quruvchi ustalar, shtukaturlar va betonchilar Rossiyaga ishga taklif etiladi

Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bildirilishicha, avtosanoat, qurilish, yog‘och sanoatida ishlash tajribasi bo‘lganlar hamda yuk mashinasi haydovchilari Rossiyadagi korxonalarga ishga taklif etiladi.

Nomzodlarning yoshi taklif etilayotgan sohaga qarab 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi, rus tilini bilishi talab etiladi.

Oylik maoshlar sohasiga qarab 30 ming rubldan boshlanadi.

Agentlik shuningdek, boshqa mamlakatda ishlash uchun asosiy shartlardan biri nomzodga nisbatan deportatsiya mavjud bo‘lmasligi lozimligini bildirmoqda. Shu bois ishlash istagida bo‘lganlar birinchi navbatda o‘zlariga nisbatan Rossiyaga kirishga taqiq bor-yo‘qligini aniqlab olishlari so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0