TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Nazirjon Hayitaliyev o‘z arizasiga ko‘ra Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida keyingi paytda qator sohalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Nazirjon Hayitaliyev o‘z arizasiga ko‘ra viloyat hokimining qarori bilan tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Hozirgacha "O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Azimjon Vahobov Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi. Viloyat hokimining shu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.