Samarqand viloyatida tuman va shahar gaz ta’minot korxonalari tugatildi

Obuna bo‘lish
Endilikda bir nechta tuman aholisiga bitta tumanlararo gaz ta’minoti idorasi xizmat ko‘rsatadi

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Sentabr oyida Samarqand viloyatidagi gaz ta’minot idoralari boshqaruv tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshdi. Bu haqda "Zarafshon" gazetasi ma’lum qildi.

Jumladan, "Markazgazta’minot" unitar korxonasi tugatilib, "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tashkil etildi.

Samarqandning eski shahar qismidagi mahallalar noyabrgacha gaz bilan ta’minlanadi

Ilgari viloyatda faoliyat olib borgan 18 ta tuman, shahar gaz ta’minoti idoralari faoliyati ham tugatildi. Endilikda "Samarqandshahargazta’minot" o‘rniga Samarqand gaz ta’minoti uchastkasi ish boshladi.

Samarqand, Toyloq, Urgut, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari aholisi uchun Samarqand tumani uchastkasi, Past Darg‘om, Go‘zalkent, Nurobod gazta’minot idoralari o‘rniga Past Darg‘om gaz ta’minoti uchastkasi, Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlari uchun Kattaqo‘rg‘on shahar gaz ta’minoti uchastkasi, Oqdaryo, Payariq, Chelak, Qo‘shrabot gazta’minot idoralari o‘rniga Oqdaryo gaz ta’minoti uchastkasi aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Gaz ta’minoti bo‘yicha viloyat filiali direktori o‘rinbosari Shavqiddin Fafforovning aytishicha, endilikda bir nechta tuman aholisiga bitta tumanlararo gaz ta’minoti idorasi xizmat ko‘rsatadi. Ammo har bir gaz ta’minoti idorasida mutaxassis xodimlar bo‘lib, ular aholining suyultirilgan gaz bo‘yicha murojaatlarini ham qabul qilishadi.

Gaz ta’minoti bo‘yicha viloyat filiali to‘lovga oid ishlar bilan shug‘ullanmaydi. To‘lovga oid masalalar bilan majburiy ijro burosi shug‘ullanadi. Gaz ta’minoti tizimida faqatgina suyultirilgan gaz uchun to‘lov qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0