Samarqandning eski shahar qismidagi mahallalar noyabrgacha gaz bilan ta’minlanadi

Obuna bo‘lish
Shahar gaz ta’minoti korxonasi shu yilning bahorida eskirgan gaz ta’minoti tizimini yangilashni boshlagan

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Samarqandning eski shahar qismi 1-noyabrga qadar tabiiy gaz bilan ta’minlanadi, deb xabar bermoqda nuz.uz. Hozirda keyingi 8-10 yil davomida gaz bo‘lmagan 28ta mahallani gaz bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetmoqda.

Xabarda aytilishicha, shahar gaz ta’minoti korxonasi shu yilning bahorida eskirgan gaz ta’minoti tizimini yangilashni boshlagan. "Samarqandshahargaz" filiali bosh muhandisi Qobil Olamovning ma’lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida uzunligi 3,5 kilometrli yuqori bosimli gaz quvuri yotqizilgan, 14 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari ta’mirlangan. Isitish mavsumi boshlangunga qadar yana 2,8 km quvur ta’mirlanadi.

Samarqand shahrini gaz bilan meyorida ta’minlash maqsadida reviziya o‘tkazildi va 1980 gaz taqsimlash punkti holati yaxshilandi. Q.Olamovning so‘zlariga ko‘ra, shaharda jami 2086ta gaz taqsimlash punkti bo‘lib, qolgan punktlarning ham holatini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0