Oktabr so‘ngida Toshkentdan Xitoyga olib boradigan avtomobil yo‘li sinovdan o‘tkaziladi

© Sputnik / /StringerTrassa na perevale Kamchik
Trassa na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning sentabr oyi boshida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyni birlashtiruvchi transmilliy avtomagistral yo‘li qurishga kelishib olishgandi

TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Oktabr oyi oxirida "Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qoshg‘ar" yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil qatnovini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Atambayev Xitoyga olib boruvchi avtotrassa qurishga kelishib olishdi

19 oktabr kuni Qirg‘iziston tashabbusiga ko‘ra prezident Almazbek Atamboyev va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida o‘tgan telefon muloqotida ushbu masala muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentabr oyi boshida O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyni birlashtiruvchi transmilliy avtomagistral yo‘li qurishga kelishib olishgandi.

Shuningdek, o‘zaro uchrashuv davomida prezidentlar Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini tezlashtirish masalasini ham muhokama qilishgandi.

Yangiliklar lentasi
0