IIBB: fuqarolar o‘z beparvoliklari oqibatida jabrlanuvchiga aylanib qolishmoqda

© AP PhotoPatrulnaya mashina uzbekskoy militsii
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB rahbari o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, ko‘cha va jamoat joylarida transport vositalarining qarovsiz, eshiklari ochiq holda, kaliti avtomashinada qoldirib ketilishi jinoyatga moyil shaxslarning e’tiborini tortmoqda, natijada transport vositasi olib qochilmoqda

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish hamda transport vositasini olib qochish singari jinoyatlar ko‘p holatlarda jabrlanuvchilarning ehtiyotsizligi, o‘z mulklariga nisbatan beparvoliklari tufayli sodir etilmoqda, dedi payshanba kuni brifingda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.

Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘cha va jamoat joylarida transport vositalarining qarovsiz, eshiklari ochiq holda, kaliti avtomashinada qoldirib ketilishi jinoyatga moyil shaxslarning e’tiborini tortmoqda, natijada transport vositasi olib qochilmoqda.

Masalan, 2017-yilning 11-oktabr kuni, fuqaro Xasanov, Sergeli tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi rahbarlik qilayotgan kafe oldidan unga tegishli "Neksiya" rusumli avtoulov olib qochilganligi haqida xabar bergan.

Zaderjanniy prestupnik - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIB eng ko‘p tarqalgan firibgarliklar haqida ogohlantirdi
Xasanovning arizasi yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan tergov-tezkor guruhi tomonidan jinoyatni fosh etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xodimlar tomonidan tezkor-surishtiruv harakatlarining to‘g‘ri va samarali o‘tkazilishi natijasida, ushbu Neksiya avtoulovi topilib, transport vositasini olib qochgan shaxs — Vohidov Zohidxo‘ja Marifjonovich qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi (ya’ni, transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilganda, ushbu Neksiya avtoulovi, egasi tomonidan ko‘chada qarovsiz, eshiklari ochiq va kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganligi, bu esa mast holatda bo‘lgan Voxidovning e’tiborini tortganligi va natijada u transport vositasini olib qochganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda, Voxidovga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0