TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Biz Moskvada bir nechta gazetalar sonlarini o‘zbek va tojik tillarida chop etishni rejalashtirganmiz, dedi Moskva viloyati axborot siyosati bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Anastasiya Zvagina. Bu haqda viloyat gubernatori matbuot xizmati xabar berdi.
Zvaginaning fikricha, bu boshqa millat vakillarini viloyatning kundalik hayotiga jalb etish imkonini beradi.
Moskva viloyati hukumati raisi o‘rinbosari Elmira Xaymurzina millatlararo munosabatlar mavzusi dolzarb ekanligini bildirdi.
"Biz yaxshi qo‘shnichilik va tashrif buyuruvchi fuqarolar integratsiyasi bo‘yicha katta tajribaga egamiz. OAVdagi hamkasblarimiz yordamida o‘sib kelayotgan avlodni ahillik ruhida va millatlararo hamda dinlararo bag‘rikenglik xususiyatlarini shakllantirib tarbiyalashda davom etamiz", — dedi u OAV vakillari uchun o‘tkazilgan seminarda.