O‘zbekiston va Eron 25 million dollarlikdan ortiq bitimlar imzoladi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitimlar 18-oktabr kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Eron biznes forumi doirasida imzolandi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Eron 25,5 mln. dollarlik qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha bitimlar imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Eron prezidenti Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bundan tashqari 7,5 mln. dollarlik ahdlashuv bayonnomasi imzolandi.

18 oktabr kuni Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Eron ishbilarmonlarini O‘zbekiston bilan har ikki tomon uchun ham shubhasiz foydali bo‘ladigan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish, loyihalarni birgalikda amalga oshirishga chaqirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eron Islom Respublikasi neft vaziri Bijan Zangane, sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Shariatmadari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Yangiliklar lentasi
0