TOShKENT, 19 okt — Sputnik. 2017-yilning 18-oktabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Hukumat portali.
Ta’kidlanishicha, Kamilov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy qutlovi va hurmatini Eron prezidenti va xalqiga yetkazgan.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqa siyosatiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.