Eronda O‘zbekiston-Eron biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

© AFP 2023 / CARL COURTIranskoe posolstvo v Londone
Iranskoe posolstvo v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturidan Eron prezidenti, vitse-prezidenti hamda tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Eronda 16-18 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda TIV rasmiy sahifasi.

Tashrif dasturidan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezident Suren Sattariy, tashqi ishlar vaziri Javad Zarif va Eronning boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.

O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ikki mamlakat orasidagi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlash, kengaytiril hamda istiqbolli hamkorlar bilan muzokaralar olib borish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0