Paxta eksporti bo‘yicha davlat monopoliyasi tarqatib yuboriladi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishUborka xlopchatnika
Uborka xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil davomida "O‘zpaxtasanoateksport" xoldingi rahbariyatini sohadagi kamchiliklar uchun bir necha bor tanqid qilgan edi.

TOShKENT, 19-oktabr — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin orada paxta yetishtirish, uni eksport qilish va paxta yog‘i ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan "Uzpaxtasanoateksport" davlat monopoliya kompaniyasi tarqatib yuboriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Ushbu ishni amalga oshirish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev boshchiligida maxsus komissiya tashkil qilingan.  Ushbu komissiya oktabr oyining oxiriga qadar "O‘zpaxtasanoateksport"ni qayta tashkil qilish borasida o‘z takliflarini kiritishi kerak.

Paxta zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev paxtani erta muddatlarda yig‘ishtirib olish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Eslatib o‘tamiz, "O‘zpaxtasanoateksport" davlat xoldingi 2015-yilning oktabr oyida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan tashkil qilingan edi. Xolding tarkibiga uch yirik davlat tuzilmalari "O‘zpaxtasanoat", "O‘zpaxtaeksport" va "O‘zpaxtayog‘" korxonalari kiritilgan edi.

O‘shanda uch yirik davlat korxonasini birlashtirishga sohada paxtani qabul qilish va qayta ishlash borasida yagona majmua tashkil qilib, paxta va yog‘ mahsulotlari sifatini oshirish, sohaga keng ko‘lamda sarmoyalar jalyub qilish va respublika paxtani qayta ishlash va yog‘ zavodlarini zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash maqsadida amalga oshirilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil davomida "O‘zpaxtasanoateksport" xoldingi rahbariyatini sohani zamonaviylashtirish, sarmoya loyihalari va paxtani qayta ishlash zamonaviy markazlari yaratish borasidagi faoliyati uchun bir necha bor tanqid qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yillarda O‘zbekiston dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi, uni qayta ishlab eksport qilish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turibdi. Har yili respublikada 3,5 mln tonna paxta xom ashyosi va 1,1 milliona tonna paxta tolasi yetishtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0