To‘ylar muborak: deputatlar to‘y-hashamlar borasida qaror qabul qilishdi

Obuna bo‘lish
Tegishli tashkilotlarga to‘ylarda san’atkorlar tomonidan ijro etiladigan qo‘shiqlar mazmun mundarijasini ko‘rib chiqish, poytaxtdan tashrif buyuradigan san’atkorlar litsenziyasi, ularning repertuarini nazoratga olish tavsiya etildi

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Samarqand viloyatida to‘y-hashamlarni tartibga solish, ortiqcha dabdababozliklarga chek qo‘yish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi

Qarorga ko‘ra, viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi, "O‘zbekkonsert" birlashmasi viloyat bo‘limiga to‘ylarda san’atkorlar tomonidan ijro etiladigan qo‘shiqlar mazmun mundarijasini ko‘rib chiqish, poytaxtdan tashrif buyuradigan san’atkorlar litsenziyasi, ularning repertuarini nazoratga olish tavsiya etildi.

Bundan tashqari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi to‘ylar munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari shaharda sayr qilishi va suratga tushishi jarayonida fuqarolar va yo‘l harakati xavfsizligiga qat’iy rioya etishini nazorat qilish va bu bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi lozim.

Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida to‘y-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi "Jamoatchilik kengashi" tuziladi. Kengash tuman va shaharlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan faollar, faxriylardan iborat jamoatchilik komissiyalari tashkil etadi hamda to‘y va marosimlarning mazkur jamoatchilik kengashlari tomonidan nazorat qilib borilishini yo‘lga qo‘yadi.

Kelin va kuyov - Sputnik O‘zbekiston
Spirtli ichimliklarsiz va "Malibu"larsiz - Samarqandda ibratli to‘y o‘tkazildi

Shuningdek, kengashga to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yig‘iniga taklif qilish, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama etish, ta’sir chorasini ko‘rish va tushuntirish ishlarini o‘tkazish tizimini yaratish vazifalari topshirildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligiga to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni ixcham o‘tkazish, shuningdek, tadbirlarni dabdabali tashkil etish o‘rniga mablag‘ni kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni targ‘ib qilish tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0