Spirtli ichimliklarsiz va "Malibu"larsiz - Samarqandda ibratli to‘y o‘tkazildi

© flickr.com/ ChuWeiHunG IPhotoKelin va kuyov
Kelin va kuyov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yosh kelin kuyov to‘y ixcham o‘tganidan xursand. Yosh oila to‘yga sarflashi kerak bo‘lgan mablag‘ni endi ro‘zg‘or kam-ko‘stini to‘ldirishga ishlatishlarini aytishmoqda

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Samarqandda ibratli to‘y o‘tkazildi: kelin-kuyov va ularning do‘stlari uchta mashinada borib, nikohdan o‘tib keldi, dasturxonga spirtli ichimlik qo‘yilmagan. "Sevgi tarixi", "vals" degan ortiqcha marosimlar o‘tkazilmadi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.

Sherzod Qudratxo‘jayev - Sputnik O‘zbekiston
"To‘ylar muborak", yohud Dehqonqulga aylanmaylik! - Qudratxo‘jayevning to‘ylar haqida o‘ylari
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Payariq tuman kengashi raisi Jamshid Oxunov tumandagi Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muhabbat Qozoqovaga yoshlarni jalb qilgan holda keng aholi qatlami ishtirokida to‘ylarni kamchiqim qilib o‘tkazish, turli odatlarga chek qo‘yishga bag‘ishlab uchrashuv o‘tkazish taklifini bildirgan.

Taklifni ma’qullagan Muhabbat opa "faqat uchrashuv emas, ixcham to‘y qilib, namuna ko‘rsatamiz", — deb aytgan.

Shu tariqa mahalla faolllari mahallada to‘y o‘tkazishga qiynalib turibgan oilalar bilan uchrashib, tashabbusdan ularni xabardor qilishgan. Bitta nikoh va uch nafar bolaning xatna to‘yini o‘tkazishga tumandagi korxona va tashkilotlar, mahalla tadbirkorlari yordam beradigan bo‘lgan.

Shu tariqa mahallada avtomobil tuzatish ustaxonasida ishlaydigan Aktam Qarshiyevning nikoh to‘yi va yana uch oila bolalarining xatna to‘yini ularning yaqin qarindoshlari, mahalla faollari — 250 kishini taklif etib o‘tkazilgan.

Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tanqididan so‘ng Yoshlar Ittifoqi to‘ylarni ixchamlashtirish bo‘yicha tadbir o‘tkazdi
Hozir to‘ylardagi eng yomon holat — kelin-kuyovning nikohdan o‘tish uchun 10-15 ta mashina bilan sayrga borishidir. Bu to‘yda ushbu odatga chek qo‘yilib, kelin-kuyov va ularning do‘stlari uchta mashinada borib, nikohdan o‘tib keldi. Dasturxonga spirtli ichimlik qo‘yilmadi. "Sevgi tarixi", "vals" degan ortiqcha marosimlar o‘tkazilmadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari yangi yosh oilaga televizor sovg‘a qildi.
"Turmush o‘rtog‘im bilan unashtirilganimizga ancha bo‘ldi, — degan Aktam Qarshiyev. — Lekin 300-400 kishiga dasturxon yozish qiyin bo‘lib ketgani uchun to‘yimizni o‘tkazishga imkon topolmayotgan edik. Mahalla va yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan to‘yimiz namunali tarzda o‘tkazib berilganidan xursandmiz. To‘yga sarflashimiz kerak bo‘lgan mablag‘ni endi ro‘zg‘orimiz kam-ko‘stini to‘ldirishga ishlatamiz".

Yangiliklar lentasi
0