Bayram tabrigi: Samarqandga butun dunyodan maktublar kelmoqda

© sharqtaronalari.uzFestival "Shark Taronalari" v Samarkande
Festival Shark Taronalari v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n sakkizinchi oktabr kuni Samarqand shahrining 2750-yilligi nishonlandi, yubiley munosabati bilan butun dunyodan tabrik maktublari kelmoqda

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Samarqand shahri kuni arafasida Amir Temur nomidagi madaniyat va istrohat markazining "Esperanto" xalqaro do‘stlik to‘garagi faollari "Samarqand haqida so‘z" nomi ostida xalqaro maktublar kunini tashkil etishdi.

V Samarkande sostoyalos otkritie modernizirovannoy chasti akvaparka Vavilon - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda maydoni 4,5 gektar bo‘lgan akvapark ochildi

Loyihada O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan qiziquvchi butun dunyodan kishilar ishtirok etishdi.

"Men Samarqandga safarimni quvonch va qoniqish bilan eslayman. Bu madaniyat, arxitektura, san’at va tarixga boy ajoyib shahar!", — deb yozadi Rim shahridan Mariya Karla Klaudi.

"Men 84 yoshda bo‘lsam ham Samarqandning arxitektura go‘zalliklariga xuddi 8 yoshli qiziquvchan boladek mehr bilan nazar solaman. Sharq gavhari Samarqandga, u haqda o‘ylashga, orzu qilishga va so‘zlashga arziydigan bu shaharga qaynoq salomimni yo‘llayman", — deyiladi Braziliyaning Barra-du-Garsas shahrida yashovchi Amarilio Xeviya de Karvalyuning maktubida.

O‘n sakkizinchi oktabr kuni Samarqand shahrining 2750-yilligi nishonlandi. Aksiya tashkilotchilariga maktublar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0