TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Samarqandda 4,5 gektar maydoniga ega bo‘lgan akvapark ochildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy banki matbuot xizmati.
Yangi, "Vavilon" nomli ko‘ngilochar maskan hududida 35 ta suv attraksionlari va ayollar va bolalar uchun maxsus hududlar mavjud.
Bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlar hududi bir ming kvadrat metrni tashkil qiladi.
© Nasbank UzbekistanaAkvapark "Vavilon" v Samarkande
Akvapark "Vavilon" v Samarkande
© Nasbank Uzbekistana
Hozir akvapark qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Akvaparkda qo‘shimcha basseynlar va yangi ko‘ngil ochar inshootlar barpo etilmoqda.
Quruvchilarning rejalariga ko‘ra, parkda yana 6 ta ekologik kichik hammomlar va mini futbol uchun maydoncha qurish ko‘zda tutilgan.