"Dim zo‘r": O‘zbekistonda paxta rejasini birinchi bo‘lib Xorazm viloyati bajardi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazmlik paxtakorlar davlatga 250 400 tonna paxta topshirishgan

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Paxta rejasini birinchi bo‘lib Xorazm viloyati bajardi, deb xabar qildi "Zamin" nashri.

"2017 yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini Xorazm viloyati mehnatkashlari birinchi bo‘lib ado etdi. Bu haqda "Xorazmpaxtasanoat hududiy filiali" MChJ ma’lumotnomasida keltirilgan.

Paxta terimiga jalb qilingan yoshlar mehnati ish staji sifatida hisobga olinyapti
Unga ko‘ra, xorazmlik paxtakorlar davlatga 250 400 tonna paxta topshirishgan, shundan 500 tonnasi paxta terish mashinasida terib olingan", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq O‘zbekiston hukumati 2017-yilda paxta terimi uchun mehnatga haq to‘lash tariflarini belgilagani haqida xabar qilgan edik.

Hujjatga muvofiq, birinchi bosqichda qo‘lda terilgan xom-paxtaning bir kilogrammi uchun mehnat haqi 450 so‘m, ikkinchi bosqichda, ya’ni 2017-yilning 1-oktabridan boshlab bu summa 500 so‘m etib belgilandi.

Mashinada terilgan xom-paxta uchun tarif stavkalari bir tonnaga 260 ming etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0