TOShKENT, 9-avgust — Sputnik. Toshkentlik Laylo Musayeva va Madina Rashidova “Koinot tabassumi 2017” xalqaro tanlovi finalida O‘zbekiston nomidan qatnashadi. Bu haqda tanlov rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Loyihaning asosiy vazifasi sayyoradagi turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash bo‘lib, unda ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar 18 yoshdan katta qizlar va ayollar ishtirok etishlari mumkin.
Avgustda barcha finalchilar aniqlanganidan so‘ng, hakamlar sayyoramizning uchta eng go‘zal tabassum sohibalarini aniqlaydi. Tanlov g‘olibasi pul mukofotidan tashqari, turli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.