Qirg‘iziston O‘zbekistonga qish mavsumida 13,2 mln dollarlik energiya yetkazib beradi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovLinii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii
Linii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston 550 million kilovatt-soat hajmdagi elektr energiyasini eksport qilishni ko‘zda tutgan

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Qirg‘iziston dekabr-mart oylarida elektr energiyasi eksport qilish bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Qirg‘izistonning "Milliy energetik xolding kompaniyasi" OAJ boshqaruvi raisi Oybek Kaliyev ma’lum qildi, deb yozadi Podrobno.uz.

Stroitelstvo gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekgidroenergo" Qirg‘izistondagi GES qurilishida ishtirok etadi

Xabarda bildirilishicha, Qirg‘iziston 550 million kilovatt-soat hajmdagi elektr energiyasini eksport qilishni ko‘zda tutgan.

Kaliyevning so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasining eksport narxi 1 kVt soatga 2,4 sentni tashkil etadi.

Shunday qilib, yetkazib berish qiymati 13 million 200 ming dollarga baholanmoqda.

Ilgariroq Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasini 1 kVt soat uchun 2 sentdan yetkazib berishni boshlagani ma’lum bo‘lgandi.

Kelishuv hajmi 1,25 milliard kVt /soat — 25 million dollarga teng.

Mazkur shartnoma Qirg‘iziston uchun bu yil O‘zbekiston bilan imzolangan ikkinchisidir.

Yangiliklar lentasi
0