"O‘zbekgidroenergo" Qirg‘izistondagi GES qurilishida ishtirok etadi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gidroelektrostansii
Stroitelstvo gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra tomonlar Qambarota GESini hamkorlikda qurishga kelishib olganini ma’lum qilgandi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. "O‘zbekgidroenergo" AJ Qirg‘izistonda Qambarota-1 GESi qurilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik va do‘stlik: Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi qanday yakunlandi

6 oktabr kuni "O‘zbekgidroenergo" va Qirg‘iziston "Milliy energetika xolding kompaniyasi" o‘rtasida Qambarota-1 GESini qurish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Hujjat Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

Ilgariroq Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra tomonlar Qambarota GESini hamkorlikda qurishga kelishib olganini ma’lum qilgandi.

Bundan tashqari, tomonlar yana beshta hamkorlik haqidagi hujjatni imzoladi. 2017-2018-yillarda Qirg‘izistonda O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma, Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida Orto-tokoy (Kosonsoy) suvomborining suv resurslaridan davlatlararo foydalanish to‘g‘risidagi, havo transporti va avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidandir.

Yangiliklar lentasi
0