Huquq himoyachisi G‘anixon Mamatxonov ozod etildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kleti
Naruchniki na dveri kleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘anixon Mamatxonov qamoqqa olinishidan oldin Farg‘ona vodiysida fermerlar huquqlarini himoya qilib, bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi kurashib kelgan

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi huquq himoyachisi G‘anixon Mamatxonovning ozod etilishi yuzasidan bayonot berdi.

Posolstvo SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh jurnalist Solijon Abdurahmonovning ozod etilishini olqishladi

Bayonotda bildirilishicha, bu voqea yaqindagina bir necha vijdon tutqunlari ozodlikka chiqarilishidan keyingi yana bir yangilik bo‘lib, u O‘zbekiston hukumati xalqaro inson huquqlarini himoya qilish andozalariga sodiqligini namoyish etuvchi qo‘shimcha ijobiy qadam bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘anixon Mamatxonov 2009-yilda qamoqqa olingan bo‘lib, u Farg‘ona vodiysida fermerlar huquqlarini himoya qilib, bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi kurashib kelgan.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezident Mirziyoyev olib borayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va inson huquqlari borasidagi islohotlarga bo‘lgan sadoqatni qo‘llab-quvvatlovchi kelgusi qadamlarni kutib qoladi", — deyiladi bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0