Toshkentda bo‘lajak maktab formasi namunalari taqdim etildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPosetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formi
Posetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi maktab formalari o‘rtacha 150-200 ming so‘m turadi. Taqdim etilgan 20dan ortiq modellardan hay’at a’zolari 7 juftini tanlab oldi.

TOShKENT, 12-oktabr — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida 20 dan ortiq maktab formalari namoyish etildi. Ushbu kiyim boshlar kelasi yildan boshlab O‘zbekistonning barcha maktablarida majburiy bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik  muxbiri.

Beseda so shkolnikami po profilaktike prestupleniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kelasi yildan yagona maktab formasi joriy etiladi

Bu shu vaqtga qadar bajarilgan ulkan ishning birinchi bosqichi edi. Unda O‘zbekistonning yetakchi 12 bolalar kiyimlari tikishga ixtisoslashgan korxonalari bo‘lajak maktab formasining namunalarini taqdim etishdi. Taqdim etilgan maktab formalarini Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov boshchiligidaga hay’at a’zolari ko‘rib chiqishdi.

Eslatib o‘tamiz, maktab formasiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat edi: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan matolardan sifatli tikilgan bo‘lishi, faqat tabiiy tolalardan to‘qilgan matolardan foydalanish, hudud iqlimiy sharoitlarini hisobga olishi kerak. Shuningdek uning narxi 150-200 ming so‘mdan oshmasligi kerak. 

Maktab formasi tarkibiga o‘g‘il bolalar uchun shim, ko‘ylak, jilet va kostum kiradi. Qiz bolalar uchun esa yubka, jilet, jaket yoki sarafan kiradi.

Shkolnaya forma - Sputnik O‘zbekiston
Maktab formasi qulay bo‘lishi shart: Finlyandiya nega maktab formasiga qarshi

Taqdim etilgan 20 fil dizayndagi formalardan hay’at a’zolari 7 xil varinatini tanlab olishdi. Maktablar nafaqat maktab formasi variantlarini balkim uni ishlab chiqaruvchi korxonani ham tanlab olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yagona maktab formasi taklifi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan edi. Davlat rahbarining fikriga ko‘ra, yagona uslubda tikilgan maktab formasi o‘quvchilar orasida ijtimoiy notenglik kelib chiqishini oldini olishi mumkin.

Kam ta’minlangan oilalar uchun maktab formasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni ham mavjud bo‘ladi. Ular 50% ni boshidan qolganini o‘quv yili davomida to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0