Sobiq Senat raisi Xorazm viloyati hokimi bo‘ldi

© xorazm.uzXorazm, Urganch
Xorazm, Urganch - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyida Xorazm viloyati sobiq hokimi Po‘lat Bobojonov ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi.

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ilgizar Sabirovni Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, Ilgizar Sabirov 2017-yilning sentabr oyida, viloyatning sobiq hokimi Po‘lat Bobojonov ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganidan keyin, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘zgardi

Sabirov Ilgizar Matoqubovich, 1959-yilning 20-fevralida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. 1986-yilda ToshDUning yuridik fakultetini yakunlagan. 1986-1994 yillarda Toshkent yuridik institutida ilmiy ish faoliyati bilan shug‘ullangan.

Undan so‘ng Ilgizar Sabirov uzoq yillar davomida Oliy Sud va Adliya vazirliklari tarkibida ishlagan. 2000 — 2003-yillarda Senat raisining mudofaa va xavfsizlik hamda qonunchilik va sud huquq masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. 2003 – 2006-yillarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman hokimi lavozimida, 2006 – 2015-yillarda Senat raisi lavozimida ishlab kelgan.

Ilgizar Sabirov bir qator davlat mukofotlariga ham ega. Xususan, 2002-yilda u "O‘zbekiston belgisi", ko‘kran nishoni, 2005 yilda —"Mehnat shuhrati" ordeni, 2006 yilda —"O‘zbekiston mustaqilligiga 15-yil", 2007 yilda —"Qurolli Kuchlariga 15-yil" xotira belgilari bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0