TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Azizov tayinlandi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 2013-yildan buyon IIV rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan Adham Ahmadboyev prezident maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgan.
Abdusalom Azizov 2006-2008 yillarda "O‘zneftmahsulot" bosh direktori, 2008-2009 yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, 2009-2016 yillarda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.