O‘zbekistonda avtomobillarda ayrim gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»Na ulitsax Tashkenta
Na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonli transport vositalarini boshqarish ham taqiqlanadi

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-fevraldan boshlab STG-2, STG-3 va STG-4 turidagi gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri. Bu Vazirlar Mahkamasining shu kunlarda qabul qilingan qarorida belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonli transport vositalarini boshqarish ham taqiqlanadi. Faqatgina Samarqandning JV MAN Auto-Uzbekistan zavodida ishlab chiqariluvchi, STG-3 gaz ballonlari foydalaniladigan MAN A 22 CNG avtobuslari bundan mustasno.

Utilizatsiya avtomobiley na predpriyatie OOO Vtormet - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan avtomobillar utilizatsiya qilinadi

Kelgusi yilning 1-fevralidan so‘ng inspektorlar yo‘llarda STG-2, STG-3 va STG-4 gaz ballon uskunalari, shuningdek, zavod komplektatsiyasi buzilgan STG-1 ballonlariga ega avtomobillarni aniqlasalar, ularning egalariga foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarganligi uchun javobgarlik qo‘llaniladi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, foydalanilishi taqiqlangan transport vositalarini boshqarish eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi (748 875 so‘m).

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda STG-3 va STG-4 gaz ballonlaridan foydalanadigan avtomobillar qolmagan, STG-2 ballonlaridan foydalanadigan avtomobillar soni esa 67,6 mingdan oshmaydi.

Yangiliklar lentasi
0