O‘zbekistonda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan avtomobillar utilizatsiya qilinadi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishUtilizatsiya avtomobiley na predpriyatie OOO "Vtormet"
Utilizatsiya avtomobiley na predpriyatie OOO Vtormet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu avtomototransport vositalarining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun IIV Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Yigirma yil va undan ko‘p vaqt foydalanilgan, foydalanishga yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining "Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Darakchi.uz".

Avtomobil Deu Tiko - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng bozori chaqqon iste’molda bo‘lgan avtomobillar

Unga ko‘ra, 20 va undan ko‘p yil foydalanilgan, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq to‘lash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi.

Ushbu avtomototransport vositalarining davlat ro‘yxatiga olingan raqam belgilari va ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun IIV Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi.

Utilizatsiyaga yoki ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan avtomototransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati vakilining majburiy ishtirokida utilizatsiyaga yoxud ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlash tashkilotlariga topshiriladi hamda qabul qilish-topshirish dalolatnomasida bu haqda tegishli yozuv qayd etiladi.

Yangiliklar lentasi
0