O‘zbekiston aeroportlarida nihoyat "yashil yo‘lak" ishga tushadigan bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa bojxona chegarasi orqali o‘tiladigan barcha avtomobil va temiryo‘l o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lak tizimi ishga tushadi

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. 2018-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ikki yo‘lak tizimi ishga tushadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Unga ko‘ra, yo‘lovchilar uchun "yashil" va "qizil" yo‘laklar joriy etiladi. "Yashil" yo‘lak jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan deklaratsiya to‘ldirmasdan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, "qizil" yo‘lak jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tish uchun mo‘ljallangan joy hisoblanadi.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona vakili: xorijdan valyuta olib kirishga hech qanday cheklov yo‘q

2021 yil 1-yanvardan boshlab esa mazkur tizim respublika bojxona chegarasi orqali o‘tiladigan barcha avtomobil va temiryo‘l o‘tkazish punktlarida ham ishga tushadi.

Ekspertlarning fikricha, bu fuqarolarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishlarini jahon standartlariga muvofiq tarzda amalga oshirish imkonini beradi, chegaradagi rasmiyatchiliklarni yengillashtiradi hamda turizmning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

"Yashil" yo‘lakka kirish oq fonda yashil rangli sakkiz burchak shaklidagi, davlat tili, rus tili va ingliz tillarida yashil rangda "Yashil yo'lak", "Zeleniy koridor" va "Green channel" hamda "Yozma deklaratsiyalanmaydigan tovarlar" "Tovari, ne podlejashie pismennomu deklarirovaniyu" va "Nothing to declare" yozuvlari tushirilgan belgi bilan belgilanadi.

"Qizil" yo‘lakka kirish oq fonda qizil rangli kvadrat shaklidagi davlat tili, rus tili va ingliz tillarida qizil rangda "Qizil yo'lak", "Krasniy koridor" va "Red channel", "Yozma deklaratsiyalanadigan tovarlar", "Tovari, podlejashie pismennomu deklarirovaniyu" va "Goods to declare" yozuvlari tushirilgan belgi bilan ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0