O‘zbekistonda "Eng yomon kitob" – antirekord ijtimoiy loyihasi e’lon qilindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBukinisticheskie knigi
Bukinisticheskie knigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Eng yomon kitob" – antirekord loyihasida nomlari eng ko‘p tilga olingan kitoblar agentlik saytida hamda respublikadagi bir qator nashrlarda e’lon qilinadi

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi "Eng yomon kitob" – antirekord loyihasini e’lon qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Knijniy magazin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev kitob do‘konlari va nashriyotlarga imtiyozlar taqdim etdi

Xabarda aytilishicha, bundan maqsad respublikada xalq, ayniqsa yosh avlod vakillarini bo‘lar-bo‘lmas, siyqasi chiqib ketgan sujetlar asosiga qurilgan, o‘quvchining vaqtini o‘g‘irlaydigan kitoblardan ogohlantirishdir.

"O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi o‘zini shu yurtning jonkuyar vakiliman, Vatanim va yoshlar kelajagiga mas’ulman, degan o‘zining chin fuqarolik pozitsiyasiga ega kitobxonlarini ushbu loyihada faol ishtirok etishga chaqiradi", deyiladi xabarda.

Kitobxonlar mazmuni sayoz, tili qashshoq, matnda o‘zbek adabiy tili (imlo va mantiq) qoidalari buzilgan, so‘zlarning qurilishi g‘aliz, asar sujetining siyqaligi kabi kamchiliklar bo‘lgan kitoblar haqidagi ma’lumotlarni info@api.uz yoki jangirov@api.uz elektron pochtalariga yuborishlari mumkin.

Shuningdek, asar badiiyatining nochorligi, muallifning mahoratsizligi, kitobning o‘quvchiga ma’naviy ozuqa bermasligi, muqova va boshqa sahifalarda milliylikdan umuman yiroq, yoshlar tarbiyasini buzadigan suratlarning berilishi va kitobda behayo sahnalarning beparda tasvirlanganligi kabilar ham inobatga olinadi.

V Navoi ustanovili pamatnik knige - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy shahrida kitobga haykal o‘rnatildi

"Eng yomon kitob" – antirekord loyihasida nomlari eng ko‘p tilga olingan kitoblar agentlik saytida hamda respublikadagi bir qator nashrlarda e’lon qilinadi.

Qolaversa, bunday kitoblarga "Mushtum" jurnali va "Hurriyat" gazetasida tanqidiy taqrizlar, parodiya va felyetonlar yozilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Ayni paytda, madaniyat sohasida tijoratlashuv, shaxsiy manfaatning birinchi o‘ringa chiqayotgani, g‘oyaviy-badiiy jihatdan sayoz asarlarning bozori chaqqon bo‘lib borayotgani tashvish uyg‘otmasdan qolmaydi", deya ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0