O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Qozon vertolot zavodi faoliyati bilan tanishdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota Kazanskogo vertoletnogo zavoda (KVZ)
Rabota Kazanskogo vertoletnogo zavoda (KVZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya 10-oktabrdan buyon ishchi tashrif bilan Tataristonda bo‘lib turibdi

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya "Rossiya vertolotlari" xolding kompaniyasining ("Rostex" davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi) Qozon vertolot zavodiga ishchi tashrifini amalga oshirdi. Bu haqda Tatariston ishbilarmonlik markazi matbuot xizmati xabar qildi.

Pribitie v Respubliku Tatarstan zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan Gulomjona Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi

Xabarga ko‘ra, Ibragimov zavodning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarilayotgan vertolot texnikasi bilan tanishdi.

G‘ulomjon Ibragimov mexanik ishlov berish, agregat ishlab chiqarish va yakuniy yig‘ish sexlarini ko‘zdan kechirdi. Delegatsiya rahbariga Mi-8/17 Mi-38 va "Ansat" vertolotlari namoyish etildi.

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida hozirda 9 ta turli modifikatsiyadagi Mi-8MTV-1 vertolotlaridan foydalanilmoqda.

Zavodga tashrif O‘zbekiston hukumatining Qozon va Toshkent o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik rejalarini tuzish uchun Tatariston Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi delegatsiya 10-oktabrdan buyon ishchi tashrif bilan Tataristonda bo‘lib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0