TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi. Bu haqda Tatariston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Qozon" xalqaro aeroportida G‘ulomjon Ibragimovni Tatariston bosh vaziri Aleksey Pesoshin, Tatariston sanoat va savdo vaziri Albert Karimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan muzokara o‘tkazish uchun aeroportdan Qozon Kremliga yo‘l oldi.
Keyinroq O‘zbekiston va Tatariston delegatsiyalari o‘rtasida kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23-25 sentabr kunlari Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.