Pxenyanda Qrim Rossiya tarkibiga kiritilgan jahon xaritasi chop etildi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Mediabankka o‘tishYujniy bereg Krima. Buxta Laspi
Yujniy bereg Krima. Buxta Laspi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"BMTda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida KXDR ushbu masala yuzasidan o‘z pozitsiyasini rasman belgiladi. KXDR Qrim Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi ekanligini tan oladi", - deyiladi xabarda

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Shimoliy Koreyaning "Ilmiy ensiklopediya" nashriyoti yangi jahon xaritasini chop etdi. Xaritada Qrim Rossiya hududi sifatida belgilangan. Bu haqda KXDRning Rossiyadagi elchixonasi o‘zining Facebookdagi sahifasida xabar bergan.

Rossiyalik diplomatlar bu borada izoh olish uchun KXDR TIVga murojaat etishganlarida vazirlik Pxenyan Qrimda o‘tkazilgan referendum natijalarini hurmat qilishini ma’lum qilgan. Shimoliy Koreya Tashqi ishlar mahkamasi qrimliklar xohish-irodasini ifoda etgan referendum natijalarini legitim va halqaro-huquq normalariga to‘liq javob beradi deya qayd etishgan.

Putin Build nashriga Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi haqida so‘zlab berdi - Sputnik O‘zbekiston
Putin Build nashriga Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi haqida so‘zlab berdi
"BMTda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida KXDR ushbu masala yuzasidan o‘z pozitsiyasini rasman belgiladi. KXDR Qrim Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi ekanligini tan oladi", — deyiladi xabarda.

Ukrainada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014-yilning mart oyida o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, Qrim Rossiya tarkibiga kiritilgan. Referendum davomida ovoz beruvchilarning 95%i yarimorol Rossiya tarkibiga kiritilishi uchun ovoz berishgan.

Ukraina yarimorolni avvalgidek o‘ziniki, ammo vaqtincha "okkupatsiya qilingan hudud" deb hisoblab kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0