Putin Build nashriga Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi haqida so‘zlab berdi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning Build nashriga bergan intervyusida Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi haqida so‘zlab berdi.

Vladimir Putinning so‘zlariga qaraganda, Rossiya harbiy kuchlarini faqatgina referendum o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatildi. Qrimdagi Ukraina harbiylarining ushbu jarayonga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun.

“Biz jang qilmadik, biz hech kimni istilo qilmadik, hech qayerda otishma uyushtirganimiz yo‘q. Qrimdagi voqealar chog‘ida biror kishi qurbon bo‘lmadi”, — dedi Putin.

Rossiya rahbarining so‘zlariga qaraganda, Qrimning qayta qo‘shililini chegaralarni o‘zgartirish deb qabul qilish kerak emas, 2,5 million odam taqdiri haqida o‘ylash kerak.

Ukrainada davlat to‘ntarilishi sodir bo‘lganidan keyin, hokimiyat ustiga ruslarga qarshi shiorlar bilan millatchilar kelishdi. Qrimda juda ko‘p ruslar yashaydi. Ular qiyin ahvolda qolib, o‘z taqdirlarini o‘zgartirishga qaror qilishdi.

Rossiya prezidenti Qrimning qayta qo‘shilish jarayonida, har bir xalq o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqidan foydalanilgan holda, BMT nizomiga to‘liq rioya qilinganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Misol tariqasida Putin Kosovoni keltirdi. Kosovoda, BMT sudining qaroriga binoan, milliy suverenitet masalasi markaziy hokimiyat qaroridan ustun qo‘yilgan edi.

Qrim va Sevastopol 2014-yilda o‘tkazilgan referendumdan keyin Rossiya hududiga aylandi. Referendumda aholining katta qismi Qrimning Rossiyaga qo‘shilish tarafdori  ekanligini bildirgan.

 

Yangiliklar lentasi
0