Vladimirdagi avariya: so‘nggi qurbon tanasi O‘zbekistonga olib kelindi

© SputnikSamolet Uzbekskix avialiniy Dreamliner (Boeing 787)
Samolet Uzbekskix avialiniy Dreamliner (Boeing 787) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV xabariga ko‘ra vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketilgan

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. 2017-yilning 12-oktabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKning samolyotida Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toshkentga olib kelindi, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati.

Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Vladimirdagi YTHda halok bo‘lgan 16-fuqaroning shaxsi aniqlandi

Xabarda qayd etilishicha, vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketilgan.

2017 yil 6-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yo‘l stansiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida 16 nafar O‘zbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017-yilning 8-oktabr kuni O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.

Yangiliklar lentasi
0