TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9-oktabr kuni Vladimir viloyatidagi o‘zbek diasporasi ko‘magida, YTH oqibatida vafot etgan, avval shaxsi aniqlanmagan so‘nggi fuqaroning ham shaxsi aniqlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati.
Xabarga ko‘ra, u 1979 yil 7-mart kuni tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Usmonov Jo‘rabek Jumayevich bo‘lib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan.
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan 6 yoshli qizcha joriy yilning 10-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi FVVning vertolotida Moskva shahriga davolanish uchun olib kelingan bo‘lib, uchish davomida uning ahvoli yomonlashmagan, qizchaga vrachlar tomonidan zaruriy yordam ko‘rsatilgan.