TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston o‘z yondashuvlarini jiddiy maqbullashtirish va MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi sur’at bag‘ishlashni maqsad qilib qo‘ygan, deb bayonot qildi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqi davomida.
"Barchamiz bugun dunyoda ro‘y berayotgan shiddatli o‘zgarishlarning guvohi bo‘lib turibmiz.
Bugun hayotning o‘zi eskicha yondashuvlar samarasiz ekanini yaqqol tasdiqlamoqda. Asosiy e’tiborni konstruktiv amaliy hamkorlikka qaratish lozim.
Biz shiddat bilan oldinga qarab harakat qilishimiz zarur.
Bu borada O‘zbekiston o‘z yondashuvlarini jiddiy maqbullashtirish va MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi sur’at bag‘ishlashni maqsad qilib qo‘ygan.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, MDH O‘zbekiston uchun shunchaki muloqot, fikr almashish va qarashlarni solishtirish "maydoni" emas.
Bu tuzilma biz uchun ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik qilishning g‘oyat muhim institutidir, Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar esa bizning doimiy sheriklarimiz, qo‘shnilarimiz va do‘stlarimizdir.
Shu munosabat bilan biz O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori maqomini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosaridan Bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarishga qaror qildik", — deb ta’kidlagan o‘z chiqishi davomida Mirziyoyev.