Rossiya hukumati O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish haqida bitimni muhokama qiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu bitimda Rossiyada ishga joylashtirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini yuborishdan oldingi tayyorgarlik masalalari aks etgan

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Demograflar: o‘zbekistonliklarning Rossiyaga kelishi kamaydi

"Bitim 2017-yil 5-aprel kuni Moskva shahrida imzolangan. Bitim O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida manzilli ishga joylashtirishni ta’minlash va ularni jo‘natishdan oldingi tayyorgarlik masalalarini nazarda tutadi", — deb yozilgan xabarda.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, qonun loyihasi 2017-yil 9-oktabrda o‘tkazilgan Rossiya Federatsiya hukumat komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Bitim imzolanganidan buyon o‘tgan davr mobaynida 600 dan ortiq fuqarolar tashkiliy jalb etish doirasida Rossiya Federatsiyasiga jo‘natilgan. Rossiya IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada 1,7 million nafar O‘zbekiston fuqarosi yashamoqda.

Yangiliklar lentasi
0