Qaysi mamlakat o‘zga mamlakatlar sayloviga ko‘proq aralashadi?

© Foto : Saeimas Preses dienestsGolosovanie
Golosovanie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa aholisi o‘zga mamlakatlar saylovlariga Rossiya emas AQSh aralashadi deb hisoblaydi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. So‘rov natijalariga ko‘ra, yevropaliklarning aksariyati — boshqa mamlakatlar sayloviga AQSh ta’sir ko‘rsatadi, Rossiya emas, deb hisoblar ekan.

Ushbu fikrni Fransiya aholisining 43%, nemislarning 41 % va angliyaliklarning 33 % qo‘llab-quvvatlashdi.

© SputnikQaysi mamlakat o‘zga mamlakatlar sayloviga aralashadi?
Qaysi mamlakat o‘zga mamlakatlar sayloviga aralashadi? - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi mamlakat o‘zga mamlakatlar sayloviga aralashadi?

Rossiya saylovga aralashadi, deb hisoblaydiganlar soni esa Polshada 29%, Germaniyada 28% va Fransiyada 27 %ni tashkil qildi. Buyuk Britaniyada  esa shunday fikrda bo‘lganlar soni 21%ni tashkil qildi.

Buyuk Britaniyada o‘zga mamlakat saylovlariga Yevropa Ittifoqi aralashadi — deb hisoblaydiganlar soni 18%ni tashkil qilar ekan. Fransiyada esa ushbu ko‘rsatgich 8%ni, Germaniyada — 10% va Polshada — 12% tashkil qildi.

Qizig‘i shundaki, so‘rov o‘tkazilgan barcha mamlakatlarda o‘zga mamlakatlar saylov jarayoniga aynan AQSh ta’sir ko‘rsatmoqda deb hisoblaydiganlar soni aksariyat 35 yoshdan yosh bo‘lgan oliy ma’lumotli fuqarolardir. Germaniya va Polshada shunday deb hisoblaydigan yoshlar soni 55 va 51 foizni tashkil qildi. Oliy ma’lumotlilar orasida esa 53 % polyaklar, 47 % nemislar, 46 % franzuzlar va 34 britaniyaliklar shunday deb hisoblaydi.

AQShda prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
So‘rov: AQSh OAVlari prezident saylovini noxolis yoritdi

So‘rov Ifop kompaniyasi tomonidan 2017-yilning 20-27 sentbar kunlari  Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Polshada o‘tkazilgan. “Agar siyosiy va iqtisodiy ta’sir va maxsus xizmatlar imkoniyati hisobga olinsa, sizningcha, qaysi mamlakat boshqa mamlakatlar saylov jarayoniga aralashmoqda?” degan savolga 3228 nafar respondentlar javob bergan. So‘rovda 18 yoshdan katta bo‘lgan aholi ishtirok etgan. So‘rovning maksimal xatolik ehtimoli +/- 3,1%, ishonchlilik ehtimoli 95%.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Sputnik.Mneniya o‘tkazgan boshqa so‘rov natijalari bilan quyida tanishing: http://sputniknews.com/trend/sputnik_polls_2016/

Yangiliklar lentasi
0