TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar O‘zbekiston va Qozog‘iston yirik shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Qozog‘iston investitsiya va rivojlantirish vaziri Jenis Kasimbek ma’lum qildi.
Sputnik Qozog‘iston ma’lum qilishicha, chorshanba kuni deputatlar yalpi yig‘ilishida ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bayonnomasini ratifikatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Qozog‘iston investitsiya va rivojlantirish vaziri Jenis Kasimbek so‘zga chiqib, bugungi kunda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmaganligi, bu o‘z navbatida fuqarolarga cheragani kesib o‘tishda noqulayliklar keltirib chiqarayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu bayonnomada muntazam, muntazam bo‘lmagan va tranzit yo‘nalishdagi avtobus qatnovini tartibga solish bo‘yicha huquqiy normalar qayd etilgan.
"Ushbu bayonnoma kuchga kirishi bilan o‘ng ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Rejalarimizga ko‘ra, avtobus qatnovi shu yil yakuniga qadar ochiladi", — dedi Kasimbek.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bayonnomani ratifikatsiyasi natijasida qo‘shni davlatlarning savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki beradi. Shuningdek, davlatlar o‘rtasida aholi qatnovini ko‘paytirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlanishga yordam beradi.
Majlis deputatlari bayonnomani ratifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlashdi.