TOShKENT, 17 noya — Sputnik. AQSh fuqarolarining aksariyati (80%) Mamlakat ommaviy axborot vositalari prezident saylovini yoritish vaqtida nomzodlardan biriga noxolis munosabatda bo‘ldi deb hisoblaydi, Sputnik.Mneniya so‘rovi natijalariga asosan.
So‘rovda ishtirok etgan AQSh fuqarolarining yarmidan ko‘pi (59%) — prezident saylovi vaqtida milliy va mahalliy OAVlar nomzodlardan biriga noxolis munosabatda bo‘ldi deb hisoblaydi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 16 % milliy OAVlar nomzodlarning birga madad berdi deb hisoblaydi. So‘ralganlarning faqat 5% — mahalliy axborot vositalari noxolis, milliy OAVlar esa — noxolis bo‘ldi deb hisoblaydi. Barcha OAVlar noxolis bo‘ldi deb hisoblaydigan amerikaliklar soni 20% ni tashkil qildi.
So‘rov TNS UK tadqiqotlar kompaniyasi tomonidan Sputnik axborot agentligi va radiosi uchun AQShda 3 — 7-noyabr kunlari o‘tkazildi. "Prezident saylovlari davomida OAVlar nomzodlarning biriga noxolis munosabatda bo‘ldimi" degan savolga 18yoshdan 64yoshgacha bo‘lgan 1012 kishi javob berdi.
So‘rov xatolik ehtimoli 3% ni, ishonchlilik ehtimoli esa — 95% ni tashkil qildi.
Sputnik.Mneniya - jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda MDH, AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.