O‘zbekistonda kelasi yildan yagona maktab formasi joriy etiladi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiBeseda so shkolnikami po profilaktike prestupleniy
Beseda so shkolnikami po profilaktike prestupleniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-onalar formani olayotgan paytda 50 foizini, qolgan qismini o‘quv yili davomida to‘lashlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. O‘zbekistonda kelasi o‘quv yilidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun yagona forma joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi Xalqaro press-klub yig‘ilishida xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov.

U prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda yagona maktab formasi joriy etish taklifi bilan chiqqanini eslatdi. Inoyatov kelasi o‘quv yiligacha yengil sanoat, modelyer mutaxassislar bilan birgalikda va ota-onalarning fikrlarini inobatga olib, kamida 8-10 xil modeldagi formalar tayyorlanishini bildirdi.

O‘quv yilining boshlanishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona maktab formasi joriy etiladi

Formalarning narxlari haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Lekin vazirning aytishicha, ularni kreditga ham olish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Ota-onalar formani olayotgan paytda 50 foizini, qolgan qismini o‘quv yili davomida to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda ta’lim sohasidagi islohotlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining liboslariga alohida e’tibor qaratgandi. Davlat rahbari o‘quvchilar o‘z liboslari bilan ajralib turishlari va ular orasida ijtimoiy notenglik bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Maktab formasi esa aynan mana shunday talablarga javob beradi.

Shu bois Shavkat Mirziyoyev yagona formalarni mahalliy ishlab chiqarish, dizayni va qulayligiga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0