TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joriy yilning 3-may sanasida Sodiq Azimov ko‘chasidagi "Korzinka" supermarketi oldidan Jasur Ibrohimovni "M-4" dahasigacha olib borib qo‘ygan haydovchini izlashmoqda, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana".
Avtomobil rusumigina ma’lum. Mashina rangi va davlat raqamini guvohlarning hech biri aniq aytib bera olmagan.
"Xayrli kech, hurmatli haydovchilar! Sizning yordamingiz juda zarur! Shu yilning 3-may kuni 145-maktab hududida Borovskiy nomidagi kollej talabalari o‘rtasida mushtlashuv ro‘y bergan. Mushtlashuvdan so‘ng, soat taxminan 14.10 — 14.30larda ushbu hodisa ishtirokchilaridan birini guvohlardan birini "Neksiya-2" rusumli mashinaga mindirgan. Taksi haydovchisi yo‘lovchini "M-4" dahasi hududida tushirib qoldirgan. Hurmatli haydovchilar, sizlarning birodarligingiz kuchiga ishonamiz va shu tufayli sizdan yordam so‘raymiz. Ushbu taksi haydovchisini topishga yordam bering. Har qanday ma’lumotga ega insonlardan menga murojaat qilishlarini iltimos qilaman. Barchangizga oldindan rahmat", — deb yozgan oilaning do‘sti Yekaterina.
Post muallifi, o‘sha kuni, qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, hamma yog‘i qon, kir va yirtilgan ust-boshda bo‘lgan yigitni haydovchi eslab qolgan bo‘lishiga shubha bildirmagan. Shuningdek, halok bo‘lgan Jasurbekning ota-onalari ham o‘sha kuni o‘g‘illarini uyiga olib kelgan haydovchi sudga kelib haqqoniy ko‘rsatma berishiga umid qilishmoqda.