Putinga turkman bo‘ribosar itini sovg‘a qilishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turkmenii G. Berdimuxamedovim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turkmenii G. Berdimuxamedovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Vladimir Putinga "Sodiq" laqabli alabay iti bolasini sovg‘a qildi

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Sochida bo‘lib o‘tayotgan MDH sammitida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Vladimir Putinga alabay iti bolasini sovg‘a qildi, Kreml matbuot xizmati xabariga asosan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
"Xotiningga it olib ber" yoxud Putinga qilingan eng g‘alati iltimoslar

Vladimir Putin Turkmaniston prezidentiga Rossiyaga taklifiga binoan MDH sammitida ishtirok etish uchun yetib kelishlari munosabati bilan minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga Rossiya prezidenti Turkmanistonda rus tiliga ko‘rsatilayotgan e’tibor va o‘zaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Berdimuxamedov, o‘z navbatida Vladimir Putinga minnatdorlik bildirib, yaqinda bo‘lib o‘tgan ism to‘yi bilan tabrikladi va Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyat tiladi.

“Siz nafaqat o‘z mamlakatingizda, balkim butun dunyoda ekologiya masalalariga juda katta e’tibor berayapsiz. Bizning bir do‘stimiz bor – Siz uni bilasiz, bu alabay iti. Bugun men o‘zim bilan kichik alabay olib keldim. Uning ismi Vepali, tarjimada – Sodiq, degani Umid qilamanki u sizga yoqadi. Bizni bu itlarimiz juda baquvvat bo‘ladi.”, — dedi Turkmaniston prezidenti.

Putin “Bundan xabarim bor”, — deb kuldi va it bolasini qo‘liga ko‘tarib olib OAV xodimlariga namoyish qildi.

“Lekin asosiysi, bu it juda sodiq”, — dedi Berdimuxamedov.

Yangiliklar lentasi
0