Narxlar oshmaydigan bo‘ldi - "O‘zbektelekom"

© 112Uatelefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher
telefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq "O‘zbektelekom" shahar telefonlaridan foydalanganlik uchun tariflarni 30%ga, xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlarini ikki baravarga oshirishi haqida ma’lum qilgandi

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda "O‘zbektelekom" AK ma’lum qildi.

O‘zbektelekom xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxini ikki baravar oshirdi

"Kompaniya abonentlari va hamkorlari istaklaridan kelib chiqib, O‘zbektelekom" AK 2017-yil 6-oktabrda e’lon qilingan o‘zgarishlar bekor qilinganligini ma’lum qiladi", deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyaning bildirishicha, 2016-yil 1-iyulda kiritilgan "Telekommunikatsiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi" 125-1/1-sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "O‘zbektelekom" shahar telefonlaridan foydalanganlik uchun tariflarni 30%ga, xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlarini ikki baravarga oshirishi haqida ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0