TOShKENT, 9 okt — Sputnik. "O‘zbektelekom" aksiyadorlik jamiyati 2017-yilning 20-oktabridan boshlab xalqaro yo‘nalishlarga VoIP orqali amalga oshirilayotgan qo‘ng‘iroqlar narxini o‘rtacha ikki baravariga oshirdi.
Xususan, Rossiya, Ukraina, Belarus va Moldova yo‘nalishidagi qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi narxini 550 so‘mdan 1100 so‘mgacha oshirdi. To‘liq tariflar bilan quyida tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 5-Sentabridan O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning davlat kursini ikki baravar oshirib, bozor kursi bilan tenglashtirgan edi.