Endi Toshkentdagi ko‘chmas mulk oldi-sotdilarida qog‘ozbozlikka hojat qolmadi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga kelib "Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri" DK tomonidan ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, almashtirish, tuhfa qilish bilan bog‘liq jarayonlar uchun qog‘ozda ma’lumotnomalar berish to‘xtatildi

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkentda 11-oktabrdan boshlab ko‘chmas mulk bilan bog‘liq jarayonlarda yangi tartib joriy etildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Sxema rekonstruksii ulis - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat kadastrining geoaxborot bazasi yaratilmoqda

Xususan, endilikda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, almashtirish, tuhfa qilish bilan bog‘liq jarayonlarda fuqarolar bino va inshootlarning tarkibi hamda tegishliligi haqida qog‘ozda ma’lumotnoma taqdim etishlari shart emas. Notarial idoralarga barcha ma’lumotlar "Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri" DK tomonidan elektron tarzda yetkazib beriladi.

Bugungi kunga kelib "Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri" DK tomonidan ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, almashtirish, tuhfa qilish bilan bog‘liq jarayonlar uchun qog‘ozda ma’lumotnomalar berish to‘xtatildi.

Ekspertlarning fikricha, idoralararo elektron hujjat almashuv fuqarolarning "Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri" DK tuman filiallariga ortiqcha murojaatlarini bir necha martaga kamaytirish orqali ularning vaqtini tejash imkonini beradi.

Bundan tashqari, bu notarial idoralar va kadastr korxonasining tuman filiallariga fuqarolar oqimi va uzun navbatlarni kamaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0